Max messenjerida bloklangan akkauntlar maxsus belgi bilan koʻrsatiladi

Max messenjerida bloklangan akkauntlar maxsus belgi bilan koʻrsatiladi

Max milliy messenjerining Xavfsizlik markazi foydalanuvchilar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan yangi funksiyalar joriy etilganini maʼlum qildi. Endilikda foydalanuvchilarning xabardorligini oshirish maqsadida bloklangan akkauntlar maxsus axborot belgisi (plashka) bilan belgilanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Dasturchilarning taʼkidlashicha, yangi funksiya avtomatik tarzda paydo boʻladi — buning uchun foydalanuvchi ilovani yangilashi kifoya. Max Xavfsizlik markazi mutaxassislari va avtomatlashtirilgan tizimlar nohalol akkauntlarni tezkorlik bilan aniqlab, ularni bloklaydi hamda yozish va qoʻngʻiroq qilish imkoniyatidan mahrum etadi.

Avvalroq xalqaro tadqiqotchilar Max messenjerini buzib kirishga urinib koʻrgani va platformaning himoya darajasi yuqori ekanini eʼtirof etgani haqida xabar berilgan edi. Bu esa mahalliy ishlanmaning xavfsizlik standartlariga toʻliq javob berishini koʻrsatadi.

2026-yil may oyi boshida ishlab chiquvchilar ilova ishga tushirilganidan buyon 120 milliondan ortiq kishi tomonidan oʻrnatilganini eʼlon qilishdi. Foydalanuvchilar sonining bunday tez oʻsishi messenjerning ommaviylashib borayotganidan dalolat beradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.