Apple iPhone’ning Force Touch texnologiyasiga ega yangi avlodini ishlab chiqarishni boshladi


Apple kompaniyasi Force Touch texnologiyasiga ega bo‘lgan iPhone 6s va iPhone 6s Plus smartfonlarini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda «Thg.ru»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.
Bunda gap sinov tariqasida chiqariladigan smartfonlar haqida borayotgan bo‘lishi mumkin, biroq keyingi oydan Apple ularni ishlab chiqarish hajmini ancha ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.
Nashr manbalari xabariga ko‘ra, iPhone 6s va iPhone 6s Plus Apple smartfonlarining bugungi avlodi bilan o‘xshash bo‘ladi.
Smartfonlar ekraniga berilgan bosim kuchini aniqlovchi Force Touch texnologiyasi qo‘llanilishi natijasida iPhone qalinligi 0,2 millimetrga, uzunligi 0,15 millimetrga oshadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













