MTS Rossiyada “Telefon.ru” loyihasini qaytadan boshlamoqchi


MTS kompaniyasi “Telefon.ru” loyihasini qaytadan boshlamoqchi, deb yozadi Kun.uz. Aytilishicha, bu “Evroset” va “Svyaznoy” tarmoqlarining MTSning asosiy raqobatchilari – “Megafon” va “Vimpelkom” bilan yaqinlashishi tufayli ilgari surilgan tashabbusdir.
“Vedomosti” nashrining xabar berishicha, ushbu brend ostida yangi chakana savdo nuqtalari tarmog‘i yaratiladi. Tarmoq telefonlar va shartnomalar sotishga ixtisoslashtiriladi va “Evroset” tarmog‘ining raqobatchisiga aylanadi.
Nashr manbalaridan ma’lum bo‘lishicha, tarmoq doirasida minglab chakana savdo salonlari yaratiladi.
Shu bilan birga, loyihani amalga oshirish borasidagi yakuniy qaror qabul qilinmagani aytilmoqda.
Bundan tashqari, “Megafon” vakili Aliya Beketovaning so‘zlariga qaraganda, Telephone.ru domeni aynan “Megafon”ga tegishlidir.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













