Sukerberg yaqin kelajakda telepatiya texnologiyasi paydo bo‘lishini bashorat qilmoqda

Sukerberg yaqin kelajakda telepatiya texnologiyasi paydo bo‘lishini bashorat qilmoqda
Sukerberg yaqin kelajakda telepatiya texnologiyasi paydo bo‘lishini bashorat qilmoqda

Mark Sukerberg o‘zining onlayn savol-javoblar anjumanida yaqin kelajakda telepatiya texnologiyasi paydo bo‘lishini bashorat qildi, deb yozadi Kun.uz.

Facebook asoschisining fikricha, bu texnologiyalar evaziga insoniyat tez sur’atlarda o‘zaro fikr almasha oladi, biroq shu bilan bu texnologiya shaxsiy ma’lumotlarning sir saqlanishi masalasini yanada dolzarbroq bo‘lishiga olib keladi.

Sukerberg, shuningdek, fikrdoshlarni topishga hamda tasvirni tahlil qilib, u haqidagi ma’lumotni ko‘zi ojiz odamga uzatishga imkon beruvchi sun’iy zakovatni rivojlantirishning muhimligini ta’kidlab o‘tdi.

Hozirda Facebook keyingi yildan savdoga chiqarilishi rejalashtirilgan Oculus VR virtual reallik ko‘zoynaklarini yaratish ustida ish olib bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.