Windows 8.1 Windows XP`dan mashhurlik borasida o‘zib ketdi

Windows 8.1 Windows XP`dan mashhurlik borasida o‘zib ketdi
Windows 8.1 Windows XP`dan mashhurlik borasida o‘zib ketdi

Windows 8.1 ning ulushi birinchi marta Windows XP`nikidan ko‘p bo‘ldi. Bu haqda Net Marketshare saytiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Hozirgi kunda operasion tizimlar bozorida Windows 8.1 ulushi 13,12 foizni tashkil etmoqda. Bu paytda esa Windows XP`ning ko‘rsatkichlari 11,98 foizga teng.

Windows 8.1 va Windows XP dunyoning ikkinchi va uchinchi raqamli operasion tizimlari bo‘lib turibdi. Birinchi o‘rinda 60,98 foizlik ulushga ega bo‘lgan Windows 7 mustahkam joylashgan. Bulardan tashqari reytingda 2,9 foizga ega Windows 8 hamda 1,6 foizlik ulush bilan Windows Vista ham qayd etilgan.
Microsoft tomonidan ishlab chiqarilmagan operasion tizimlar orasida birinchilikni Mac OS X 10.10 Yosemite 4,54 foizlik ko‘rsatkich bilan egallagan. Linux esa bozorda 1,61 foizlik ulushga ega bo‘lib turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.