O‘zbekiston kiberxavfsizlik bo‘yicha global reytingda 93-o‘rindan joy oldi

O‘zbekiston kiberxavfsizlik bo‘yicha global reytingda 93-o‘rindan joy oldi
O‘zbekiston kiberxavfsizlik bo‘yicha har yilgi global reytingda 93-o‘rinni egalladi. Ro‘yxat Xalqaro elektroaloqa ittifoqi (XEI) tomonidan e’lon qilindi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

O‘zbekiston yangi reytingda 0,277 ball to‘pladi va 93-pog‘onani Iordaniya bilan bo‘lishib turibdi. MDH davlatlari orasida O‘zbekiston 9-o‘rinda.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha global indeks – bu ABI Research va XEIning qo‘shma loyihasi bo‘lib, u mustaqil davlatlarning kiberxavfsizlik sohasidagi ishtiroki darajasini baholash imkonini beradi.

Bunda majburiyatlar darajasi besh sohada baholanadi: huquqiy choralar, texnik choralar, tashkiliy choralar, salohiyatning rivoji va xalqaro hamkorlik.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.