Eng yorqin yulduz aniqlandi

Eng yorqin yulduz aniqlandi
Eng yorqin yulduz aniqlandi

Hindu yulduzlar turkumida astronomlar yangi yulduzning paydo bo‘lganini qayd qilishdi. U ASASSN-15lh deb ataldi. Kashfiyot haqidagi maqola Nature jurnalida chop etildi, deb yozmoqa Kun.uz.

Yulduz ASAS-SN (All-Sky Automated Survey for Supernovae) tizimi tomonidan topildi. 14 avtomatik teleskopdan iborat ushu tizim yangi yulduz charaqlashini 14 iyun kuni qayd qildi. Keyingi haftalar davomida Pekin astronomiya va astrofizika instituti mutaxassislari ASASSN-15lh’ni bir nechta teleskoplar vositasida kuzatib, uning qachon vujudga kelganligini aniqladi. Tadqiqotlarga NASAning Swift orbital observatoriyasi qo‘shildi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, u maksimal yorqinlikka erishishining to‘qqizinchi kuni teleskoplarda qayd qilingan, uning nuri esa Er tomonga 2.8 mlrd yildan buyon kelayotgan bo‘lgan. Shu tariqa, bu oddiy o‘ta yangi yulduzlarga nisbatan yuz barobar va ma’lum giperyangi yulduzlardan bir necha barobarga yorqinroqdir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.