Google’ning haydovchisiz avtomobili birinchi YTHga uchradi

Google’ning haydovchisiz avtomobili birinchi YTHga uchradi
Google’ning haydovchisiz avtomobili birinchi YTHga uchradi

Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan avtomatik boshqariladigan mashina prototipi birinchi marta yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Voqea Kaliforniyaning Mauntin-Vyu shahrida joylashdi. Kompaniya shtab-kvartirasi shu shaharda joylashgan. 1 iyul kuni avtomatik boshqaruvga ega Lexus mashinasi halokatga uchradi. Uning ichida bo‘lgan Google’ning uch xodimi shifokorlarga murojaat qildi. To‘qnashuvda qolgan ikkinchi mashina haydovchisi ham jarohat oldi.
Kompaniya ma’lumotlariga qaraganda, bu 6 yil va 3 mln km bosib o‘tilgan umumiy yo‘l davomida sodir bo‘lgan 14-YTHdir.

Ayni paytda shahar ko‘chalarida 20ta shunday avtomobil yuribdi. Ular mashinalar oqimi ichida manyovr qilish ishlanmalarida qatnashmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.