Bir quvvatlanishda 90 kun ishlaydigan telefon yaratildi


Kickstarter’da mablag‘ yig‘ilayotgan kichik telefon bir quvvatlanishda 90 kun ishlay oladi, deb yozmoqda Kun.uz.
Janus One 1500 mA/soat quvvatga ega akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, quvvatni ko‘p ishlatadigan funksiyalardan cheklangan. Telefon kichik OLED-displey, Bluetooth 3.0 moduli, G-sensorga ega. U faqatgina GSM tarmog‘ida ishlaydi.
Telefonning hajmi 99x56,8 mm bo‘lib, qalinligi 5,5 mm.ni tashkil etadi.
Janus One 2015 yilning sentyabr oyida sotuvga chiqishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













