Akkumulyatorsiz ishlaydigan mobil telefon ishlab chiqildi

Akkumulyatorsiz ishlaydigan mobil telefon ishlab chiqildi
Sietldagi Vashington universitetining mutaxassis Vamsi Tallay boshchiligidagi tadqiqotchilari atrof-muhit energiyasi hisobidan ishlashi mumkin bo‘lgan telefon nusxasini yaratishdi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

«Uyali aloqa telefoni – bu eng foydali narsalardan biri. Tasavvur qiling, siz hattoki telefon akkumulyatori o‘tirgan bo‘lsa ham, qo‘ng‘iroq qilish va xabarlar jo‘natishingiz mumkin», - deya ta’kidlab o‘tdi tadqiqot laboratoriyasi rahbari Joshua Smit.
Akkumulyatorsiz ishlaydigan mobil telefon ishlab chiqildi
Olimlar energiya sarflashni kamaytirish uchun ovozni analogli uzatishdan foydalanishdi, shuningdek, qurilma qismlarini maxsus qaytadan o‘zgartirishdi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar nur taratuvchidan foydalanishgan, u radioto‘lqinlardan vaqti-vaqti bilan faollashadi. Buning evaziga uyali aloqa minoralari gadjet uchun o‘ziga xos energiya manbasi bo‘lishi mumkin.

Nusxa hozircha bir necha tugmacha va nur diodli indikator bilan jihozlangan. Yaqin orada qurilmaga E-ink-displey o‘rnatiladi. Yangilik bozorda qachon paydo bo‘lishi hozircha noma’lum.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.