Apple va Google foydalanuvchilar istagini oldindan bilib oladigan bo‘ladi


Apple va Google korporasiyalari foydalanuvchilarga o‘zlari istagan ma’lumotlarni ular bu haqda so‘rashga ulgurmasdan turib etkazib berish imkoniyatiga ega texnologiya ustida ish olib bormoqda. Bu haqda «RBK»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.
Bunday funksiyalar korporasiyalar mahsulotlarida shu yil sentyabridayoq paydo bo‘lishi mumkin.
Ushbu texnologiyalarni ishlab chiqishda kompaniyalar turli usullardan foydalanadi. iOS operasion tizimining to‘qqizinchi versiyasida paydo bo‘ladigan Apple portativ yordamchisi iPhone’da saqlanayotgan axborotdan kelib chiqib, ma’lumotlarni taklif qiladi. O‘z navbatida, Google pochta, taqvim, onlayn-qidiruv kabi onlayn-servislardagi ma’lumotlardan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













