Indoneziyada Telegram messenjeri bloklandi

Indoneziyada Telegram messenjeri bloklandi
Indoneziya hududida Telegram messenjeri bloklandi. Bu haqda manbalarga asoslanib Qalampir.uz xabar berdi.

Indoneziya axborot va texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati ayni damda shu masala bo‘yicha rasmiy bayonot tayyorlamokda.

Foydalanuvchilardan biri messenjer asoschisi Pavel Durovdan Indoneziyada Telegram bloklanishidan xabaringiz bormi, deya so‘raganida Durov shunday javob berdi:

“Ajablanarlisi, biz bugungi kunga qadar Indoneziya hukumatidan hech kanday savol va e’tirozlar olmadik. Bu masala yuzasidan tezkor tekshiruvlar o‘tkazamiz, ishni shundayligicha qoldira olmaymiz”.

Katta ehtimol bilan Indoneziya hukumati mamlakat fuqarolari messenjer orqali terrorizmga oid har xil ma’lumotlardan xabarlar olishayotgani tufayli shunday qaror qabul qilishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.