Saudiya Arabistondagi roumingga Beeline 85% gacha chegirma bermoqda

Saudiya Arabistondagi roumingga Beeline 85% gacha chegirma bermoqda
Saudiya Arabistondagi roumingga Beeline 85% gacha chegirma bermoqda

Beeline (Unitel MChJ va Buzton QK) Haj vaqtida Saudiya Arabistonda bo‘lgan kompaniya abonentlari uchun maxsus rouming-tariflarni joriy qilmoqda. Mahalliy rouming-hamkorlar bilan kelishuv yordamida Beeline mijozlari o‘z raqamlarida arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha aloqada qolishlari mumkin.

Chegirmalar Zain SA (Mobile Telecommunication Company Saudi Arabia) operatori tarmog‘ida 1 sentyabrdan 3 noyabrgacha quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amal qiladi:

* Internet (avvalgi narx — $19.66, yangi narx — $3.00)

* SMS (avvalgi narx — $0.60, yangi narx — $0.30)

* Kirish qo‘ng‘iroqlari (avvalgi narx — $2.40, yangi narx — $1.50)

* Saudiya Arabiston bo‘ylab mahalliy chiqish qo‘ng‘iroqlari (avvalgi narx — $1.80, yangi narx — $1.50)

* O‘zbekistonga chiqish qo‘ng‘iroqlari (avvalgi narx — $3.60, yangi narx — $1.50)

Zain operatori abonentlatimizning telefon ekranlarida “Zain SA”, “42004” yoki “KSA04” sifatida ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.