Xitoydan dunyodagi eng arzon elektromobilni qarshi oling

General Motors SAIC-GM-Wuling qo‘shma korxonasi ikki o‘rinli Baojun E100 elektromobilini taqdim qildi. Uni dunyoning eng arzon elektromobili deb hisoblashmoqda. Chunki bahosi 5 326 AQSh dollaridan oshmaydi.
Baojun E100ga bittagina elektromotor o‘rnatilgan bo‘lib, uning quvvati 39 ot kuchiga teng. Yuz km/soat tezlikda harakatlana oladi.
“Baojun”ning batareyasi 155 km yurishga imkon beradi. Batareyani tokka to‘ydirishga 7,5 soat vaqt ketadi.
Elektromobil arzon bo‘lgani bilan saloni qup-quruq emas. Eng asosiy jihozlariga Wi-Fi, 7 dyuymli multimedia tizimi va kalitsiz ochish moslamasi kiradi. Bundan tashqari, ABS tizimi, rul boshqaruvining elektrli kuchaytirgichi, parktronik va piyodani tanish tizimi kabi qulayliklari bor.
Manba: carzone.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Baojun E100ga bittagina elektromotor o‘rnatilgan bo‘lib, uning quvvati 39 ot kuchiga teng. Yuz km/soat tezlikda harakatlana oladi.
“Baojun”ning batareyasi 155 km yurishga imkon beradi. Batareyani tokka to‘ydirishga 7,5 soat vaqt ketadi.
Elektromobil arzon bo‘lgani bilan saloni qup-quruq emas. Eng asosiy jihozlariga Wi-Fi, 7 dyuymli multimedia tizimi va kalitsiz ochish moslamasi kiradi. Bundan tashqari, ABS tizimi, rul boshqaruvining elektrli kuchaytirgichi, parktronik va piyodani tanish tizimi kabi qulayliklari bor.
Manba: carzone.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













