Adult Player dasturi foydalanuvchilarni yashirin tarzda suratga olgan


Kattalar uchun mo‘ljallangan Adult Player dasturi foydalanuvchilarni yashirin tarzda suratga olgan va smartfonga kirishni to‘sib qo‘ygan.
Adult Player foydalanuvchini old kameraga unga bildirmasdan suratga olgan. Shundan keyin dastur smartfon ekranini to‘sib, undan chiqib ketish uchun 500 dollar so‘ragan. Bu haqda internet-xavfsizligiga ixtisoslashgan Zscaler firmasi aytib berdi.
Ekspertlarning aytishicha, bunday tovlamachi-dasturlar borgan sari ommalashib ketmoqda. Bunday vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun turli yot manbalardan dasturlarni o‘rnatmaslik kerak.
Intel Security’ning Evropadagi bosh texnik direktori Raj Samoniy firibgarlar foydalanuvchilarning uyat hissiga tayanishni xush ko‘radilar. Foydalanuvchining obro‘siga putur etishi mumkin bo‘lgan vaziyatda nomaqbul axborotning internetda tarqab ketmasligi uchun u istalgan miqdordagi puldan voz echishga tayyor turadi
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













