Buyuk Britaniya 8,3 mlrd dollarlik dengiz shamol elektr stansiyasini qurishdan bosh tortdi

Buyuk Britaniya 8,3 mlrd dollarlik dengiz shamol elektr stansiyasini qurishdan bosh tortdi
Buyuk Britaniya 8,3 mlrd dollarlik dengiz shamol elektr stansiyasini qurishdan bosh tortdi

Buyuk Britaniya hukumati 8,3 mlrd dollarlik ulkan dengiz shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha Navitus Bay loyihasini rad etdi. Bu haqda Bloomberg agentligiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hukumat qurilish YuNESKO butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan sohil bo‘yidan ko‘rinishni buzishi mumkinligi sababli bunday qaror qabul qildi.
Loyiha Eneco Wind U.K. Ltd. va EDF Energy Renewables Ltd. kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan edi.
970 megavattli stansiya La-Mansh bo‘g‘ozida Bornmut va Uayt oroli orasida qurilishi rejalashtirilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.