Facebook har kuni qariyb 1 millionta akkauntni yopadi

Facebook har kuni qariyb 1 millionta akkauntni yopadi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i xavfsizlik xizmati har kuni 1 millionga yaqin akkauntni yopadi, ularning ko‘pchiligi spamerlar, firibgarlar va nafrat qo‘zg‘atuvchi odamlar tomonidan yaratiladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning xavfsizlik bo‘limi rahbari Aleks Stamos ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo».

Ammo Facebook’dan 2 milliarddan ziyod odam foydalanishini hisobga olganda, ishlab chiquvchilar potensial «xavfli sub’ektlar»ning barchasini bartaraf qila olmayapti. Ustiga-ustak, ular ba’zan xavf tug‘dirmaydigan akkauntlar, foto va videolar yoki xabarlarni ham o‘chirib yuboradi.

«Kuniga millionlab va millionlab bir-biriga bog‘liq harakatlarni bajarishga to‘g‘ri kelganida yanglishmasdan ishlash qiyin», — dedi Stamos.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.