Bitkoin kursi ilk bor 5000 dollardan oshdi

Bitcoin kriptovalyutasi kursi 2 sentyabrga o‘tar kechasi ilk bor bir donasi uchun 5000 dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tdi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.
Bitkoinning turli birjalardagi qiymatini kuzatib boruvchi CoinDesk sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 7:25 atrofida kriptovalyuta kursi 5000 dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tgan, biroq oradan 10 daqiqa o‘tib, yana pastlay boshlagan.
Ushbu xabar tayyorlanayotgan vaqtda bitkoin qiymati 4 565 dollargacha tushgan edi.
CoinDeskning qo‘shimcha qilishicha, bir bitkoinning eng yuqori kursi Xitoyning OKCoin birjasida qayd etilgan — u yerda kriptovalyuta qiymati 5 149 dollargacha ko‘tarilgan.
Bitkoin 4000 dollarlik dovonni 13 avgustda, undan bir hafta avval esa 3000 dollarlik ko‘rsatkichni bosib o‘tgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bitkoinning turli birjalardagi qiymatini kuzatib boruvchi CoinDesk sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 7:25 atrofida kriptovalyuta kursi 5000 dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tgan, biroq oradan 10 daqiqa o‘tib, yana pastlay boshlagan.
Ushbu xabar tayyorlanayotgan vaqtda bitkoin qiymati 4 565 dollargacha tushgan edi.
CoinDeskning qo‘shimcha qilishicha, bir bitkoinning eng yuqori kursi Xitoyning OKCoin birjasida qayd etilgan — u yerda kriptovalyuta qiymati 5 149 dollargacha ko‘tarilgan.
Bitkoin 4000 dollarlik dovonni 13 avgustda, undan bir hafta avval esa 3000 dollarlik ko‘rsatkichni bosib o‘tgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













