Yilning eng yaxshi avtomobili nomiga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi

Yilning eng yaxshi avtomobili nomiga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Yilning eng yaxshi avtomobili nomiga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi

«Dunyo yil avtomobili» tanlovi (World Car of the Year, WCOTY) tashkilotchilari Frankfurtdagi avtosalonda 2016 yilning eng yaxshi avtomobili nomini qo‘lga kiritishga da’vogar avtomobillar ro‘yxatini e’lon qildi.
«Short-list»dan 21 turdagi modellar joy olgan. WCOTY tashkilotchilari yil avtomobilini aniqlashdan tashqari yana bir qator nominasiyalar bo‘yicha eng yaxshi mashinalar nomini e’lon qilishadi. «Yil dizayni», «Yilning eng yaxshi sportkari», «Eng yaxshi «yashil» avtomobil» kabilar shular jumlasidan.
Oxirida qolgan barcha avtomobillar, shuningdek Audi Q7, Audi R8, kabriolet BMW 2-Series, BMW 7-Series, Hyundai Creta va Mercedes-Benz C-Class modellari o‘rtasida yilning eng yaxshi ulovi aniqlanadi.
Tanlovda 23ta davlatdan kelgan 70dan ortiq avtomobil jurnalistlari ishtirok etishadi. WCOTY g‘olibi 2016 yilning martida Nyu-Yorkdagi motoshou vaqtida aniqlanadi.
Yilning eng yaxshi avtomobili nomiga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.