Move to iOS — iPhone`ga “o‘tish” uchun Android ilova


Apple kompaniyasi iPhone qurilmalaridan endigina foydalanishni boshlagan sobiq “androidchi”lar uchun korporasiya tarixida ilk marotaba Android ilova — Move to iOS (iOSga o‘tish)ni taqdim etdi.
Ilovadan foydalanish uchun iOS 9 operasion sistemasi o‘rnatilgan iPhone va Google`ning 4.0 va undan yuqori mobil platformasi o‘rnatilgan Android-smartfon kerak bo‘ladi. iPhone`da “o‘tish”ni amalga oshirish uchun dastlabki sozlamalar amalga oshirilmasligi kerak, aynan shu vaqtda Android ma’lumotlariga o‘tish imkoni bo‘ladi.
Yangi platformaga suratlar va videolar, xabarlar, Google akkaunti ma’lumotlari, aloqa raqamlari, taqvim hamda brauzerdagi xatcho‘plarni ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Shu bilan birga, Apple ilovasi Android-smartfonga o‘rnatilgan ilovalarni tahlil qilib, App Store`da mavjud bo‘lgan o‘xshash ilovalarni yangi iPhone`ga bepul o‘rnatadi.
Barcha uskunalari tarmoqqa Wi-Fi orqali ulangan bo‘lib, ma’lumotlarni jo‘natib “bulut” orqali emas, balki simsiz aloqa yo‘li bilan Android uskunaga iPhone`dagi maxsus raqam kiritilganidan so‘ng ko‘chiriladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













