Apple uzoq kutilgan iPhone X qurilmasini namoyish etdi

Apple uzoq kutilgan iPhone X qurilmasini namoyish etdi
Apple korporatsiyasi uzoq kutilgan yangi avlod iPhone X (10) qurilmasini namoyish etdi. Korporatsiya o‘z saytida taqdimot marosimini translyatsiya qilmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

Smartfon 5,8 dyuymli, 2436X1125 OLED-displeyga ega bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilarga ko‘ra, bu iPhone smartfonlariga o‘rnatishga munosib sifatga ega birinchi OLED-ekran. Odatiy Home tugmasi yo‘q, uning o‘rniga svayplardan foydalaniladi.
Apple uzoq kutilgan iPhone X qurilmasini namoyish etdi
Apple\'ni blokdan yechish uchun yuzdan taniy olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Shunisi diqqatga sazovorki, qurilmani suratlar orqali blokdan yechib bo‘lmaydi. U ko‘zoynak yo qalpoqda bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z sohibini taniy oladi.

Bundan tashqari o‘zingizni jonli emojilar o‘rnida his qilib ko‘rishingiz mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.