Pavel Durov Telegram`da pulli xizmatlar paydo bo‘lishi haqida ma’lum qildi

Pavel Durov Telegram`da pulli xizmatlar paydo bo‘lishi haqida ma’lum qildi
Pavel Durov Telegram`da pulli xizmatlar paydo bo‘lishi haqida ma’lum qildi

Telegram mesenjerida bot ishlab chiqaruvchilarga foydalanuvchilardan to‘lovlarni qabul qilib olishga xizmat qiluvchi maxsus API – ilovalarni dasturlash interfeysi paydo bo‘ladi. Bu haqda Telegram asoschisi Pavla Durov AQShning San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tgan TechCrunch Disrupt 2015 konferensiyasida ma’lum qilgan.

Techcrunch muharriri Mayk Butcher bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda Durov mazkur platforma 2015 yil yozida bot ishlab chiqaruvchilari uchun ishga tushirilganini aytib o‘tdi.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, platformaga Telegram orqali o‘z xizmatlarini ko‘rsatish istagidagi ko‘plab brendlar qiziqish bildirgan. Ishlab chiqaruvchi bot-platformada reklama sotishga bo‘lgan birinchi urinishlar haqida ham so‘zlab berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.