Android One smartfonlari poytaxt savdo markazlarida 800- 850 ming so‘mdan sotilmoqda

Android One smartfonlari poytaxt savdo markazlarida 800- 850 ming so‘mdan sotilmoqda
Android One smartfonlari poytaxt savdo markazlarida 800- 850 ming so‘mdan sotilmoqda

Artel kompaniyasi tomonidan Google bilan hamkorlikda chiqarilgan Android One smartfonlarini poytaxt savdo markazlaridan 800-850 ming so‘mdan sotib olish mumkin. Bu haqda Mobinfo.uz ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda

Android One 5-dyuymli 1280x720 IPS-displey bilan hamda 64 bitli 4 yadroli Qualcomm Snapdragon 410 prosessori bilan jihozlangan. Unda Adreno 306 grafik nazorati bor.

Uning operativ xotirasi 2 Gb, o‘rnatilgani xotirasi esa 16 Gb. ni tashkil etadi. Smartfon ikki yillik kafolat bilan Android 5.1.1 Lollipop operasion tizimida ishlaydi. Bundan tashqari smartfon ikkita SIM-kartada ishlaydi va 4G (LTE) mobil aloqasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Unda 5-Mp li oldi, 13-Mp li orqa kameralar o‘rnatilgan. Smartfon majmuasida quvvatlantirgich, quloqchin, silikonli qoplama, shuningdek, telefon ishlanmasi bilan tanishtiruvchi hujjatlar bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.