Xitoyda «5G» internet avlodi ishga tushirilmoqda

Xitoyda «5G» internet avlodi ishga tushirilmoqda
Bu ishga Xitoydagi «China Mobile», «China Telecom» va «China Unicom» aloqa operatorlari o‘zaro hamjihatlikda qo‘l urishgan. Yangi tizim 2018 yil boshida test sinovlari doirasida ishga tushadi. Undan ommaviy foydalanish jarayoni esa 2020 yili boshlanadi. Test sinovlari Lanchjou, Chendu, Shenchjen, Suchjou hamda Shanxay shaharlarida tashkil etiladi.
Guanchjou mobil aloqalar instituti direktori Van Sin’yanning gapiga ko‘ra, yangi tizim Xitoyda zamonaviy texnologiyalar taraqqiyotini yanada yuksak cho‘qqilarga olib chiqadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.