Microsoft’ning maksimal komplektasiyadagi noutbuki 3199 dollarga narxlandi

Microsoft’ning maksimal komplektasiyadagi noutbuki 3199 dollarga narxlandi
Microsoft’ning maksimal komplektasiyadagi noutbuki 3199 dollarga narxlandi

Microsoft kompaniyasining onlayn do‘konida Microsoft Surface Book noutbukiga oldindan buyurtma berish imkoniyati tug‘ildi. Uning maksimal komplektasiyasi narxi 3199 dollarni tashkil qildi.
Microsoft’ning maksimal komplektasiyadagi noutbuki 3199 dollarga narxlandi

Uskuna planshet va noutbukning gibridi hisoblanib, ajratib olinadigan 13.5 dyuymli ekranga ega. Kompaniya mutasaddilarining ta’kidlashicha, u o‘z toifasidagi eng samarador noutbuk bo‘lib, Macbook Pro 13dan 2 barobarga kuchliroqdir. Microsoft noutbukining narxi 1499 dollardan boshlanadi. 128 GB li SSD-xotira, 8 GB operativ xotira, 6-avlod Intel Core i5 prosessori. 1699 dollarga 256 GB xotiraga ega variantni xarid qilish mumkin, 1899 dollarga esa uskunaga NVIDIA diskret videokartasi ulab beriladi.
Microsoft’ning maksimal komplektasiyadagi noutbuki 3199 dollarga narxlandi

3199 dollarlik variant o‘z ichiga 1 TB li SSD-xotira, 16 GB OZU, Intel Core i7 prosessor va Maxwell arxitekturasidagi 1 GB xotirali NVIDIA GeForce videokartasini oladi. Oldindan buyurtma asosida Surface Book 5–8 haftadan so‘ng etkazila boshlanadi, ammo eng qimmat modelga buyurtmalar faqat 2016 yil 22 yanvaridan ochiladi.
Microsoft’ning maksimal komplektasiyadagi noutbuki 3199 dollarga narxlandi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.