Apple kompaniyasi iPhone telefonini himoyalovchi mexanizm ixtirosini patentladi


Mashhur Apple bredni iPhone erga tushib ketganda ekranni himoyalovchi maxsus mexanizm uchun patent oldi. Bu haqda AQSH patentlar byurosi rasmiy sayti’ga asoslanib Terabayt.uz sayti xabar bermoqda.
Loyihaga ko‘ra, smartfon yuzasiga maxsus jajji yig‘ma “oyoqchalar” o‘rnatiladi. Erga qulash chog‘ida ular avtomatik tarzda ochiladi va apparat ekranini asrab qoladi.
Texnologiya iPhone`ning keyingi “avlodlari”da qo‘llaniladimi-yo‘qmi, hozircha bunga aniqlik kiritilmagan. Chunki mazkur ixtiro ham smartfonni ekstremal holatda to‘liq himoyalay olmaydi.
Business Insider nashrining yozishicha, Apple kompaniyasi faqat marketing maqsadlarini ko‘zlagan holda mazkur loyihada qatnashgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













