Amerikalik rassom alyuminiy bankalardan haykallar yasaydi (video)

Amerikalik rassom alyuminiy bankalardan haykallar yasaydi (video)
AQShning Michigan shtatida yashovchi rassom Noa Deledda noodatiy san’at namunalarini yaratadi. U ichimliklarning alyuminiy bankalaridan murakkab naqshli haykallar yasaydi. Meduza\'ga tayanib Daryo nashri uning ijod namunalariga e’tibor qaratdi.

Haykallarni yasash uchun Deledda qumqog‘ozdan va tekislovchi apparatdan foydalanadi. Naqshlar bosh barmoq yordamida shakllantiriladi. Bu usulni rassomning o‘zi o‘ylab topgan va uni yillar davomida mukammallashtirgan.

Deleddaning ishi Kanada, Shveysariya, Italiya va Xitoyda namoyish qilingan. Rassom asarlarini o‘zining saytida sotadi, ularning narxi ikki ming dollardan boshlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.