Roskomnadzor “VKontakte”, “Yandeks”, Twitter va Facebook IP-manzillarini blokladi

Roskomnadzor “VKontakte”, “Yandeks”, Twitter va Facebook IP-manzillarini blokladi
“VKontakte”, “Yandeks”, Twitter, Facebook va “Odnoklassniki” IP-manzillari Roskomnadzor tomonidan taqiqlangan saytlar reyestriga kiritildi. Bu haqda “Kommersant’”ga tayanib Kun nashri yozmoqda.

Xabar berilishicha, ro‘yxatdan shuningdek Yahoo va Liveinternet IP-manzillari ham joy oldi. Idora saytida xabar berilishicha, “VKontakte”ga tegishli bo‘lgan 87.240.129.133 manzili bloklangan. Shuningdek, ro‘yxatda Google\'ning 33ta IP-manzili va Microsoft (29), Amazon (14) manzillari, “Yandeks” hamda Facebook’ning beshtadan manzili, Twitter’ning uchta va “Odnoklassniki”ning bitta manzili bor.

Usher2.Club yaratuvchisi va “Dremuchiy les” xosting-provayderi bosh direktori Filipp Kulinning so‘zlariga ko‘ra, reyestrdan MSK-IX internet-trafik almashish nuqtasi ham joy oldi, u tarmoq uskunalari va kompyuterlar ichki soatlari sinxronlashishiga javob beradi.

“Agarda IP-manzillarning bloklanishi atayin bo‘lsa, ikkinchi zarba bo‘ladi – bank aloqalari, yo‘naltirgichlar, DNS tizimi”, - dedi Kulin.

U bu Roskomnadzorning emas, balki jinoyatchilarning xatti-harakati bo‘lishi mumkin ekanini ham istisno etmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Roskomnadzor YouTube va Gmail bo‘yicha izoh bergandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.