WhatsApp messenjerida Telegram’dagidek kanallar paydo bo‘ldi

WhatsApp messenjerida Telegram’dagidek kanallar paydo bo‘ldi
WhatsApp messenjerida xuddi Telegram’dagidek kanallar paydo bo‘ldi, Bu haqda Spot\'ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Funksiya guruh chatlari uchun Broadcast Only degan nom oldi, u dasturning so‘nggi versiyasida bor. U guruh administratorlaridan boshqa ishtirokchilarga xabarlar yuborishni taqiqlaydi.

“Foydalanuvchilar allaqachon guruhlardan muhim axborotlarni olish uchun foydalanmoqda, masalan, pedagoglar o‘quvchilarning ota-onalariga o‘quv jarayoni haqidagi yangiliklarni yubormoqda, notijorat tashkilotlari va hududiy markazlar o‘z faoliyati haqida xabar bermoqda. Yangi funksiya bilan buni amalga oshirish soddalashadi”, — deyiladi WhatsApp xabarida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.