Ucell bayram kunlarida ba’zi xizmatlar faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi

Ucell bayram kunlarida ba’zi xizmatlar faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi
Ucell bayram kunlarida ba’zi xizmatlar faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi

Ucell mobil aloqa operatori Yangi yildagi bayram kunlarida, qo‘ng‘iroqlar sifatini yaxshilash va SMS-xabarlarni o‘z vaqtida etkizish maqsadida, ba’zi xizmatlar vaqtinchalik to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqida kompaniya saytiga asoslanib, “daryo.uz” nashri xabar bermoqda.

2014 yil 31 dekabr soat 12:00 dan 2015 yil 2 yanvar soat 17:00 gacha quyidagi xizmatlardan foydalanib bo‘lmaydi:

  • «SMS-Jadval»;
  • «SMS ni boshqa raqamga yo‘naltirish»;
  • «SMS-Avtojavob»;
  • «SMS Filtr-Qora ro‘yxat»;
  • «SMS-Taxallus»;
  • «Do‘stim hisobidan SMS».


2014 yil 31 dekabr soat 22:00 dan 2015 yil 1 yanvar soat 04:00 gacha quyidagi xizmatlardan foydalanib bo‘lmaydi:

  • «Kim qo‘ng‘iroq qildi?»;
  • «Men aloqadaman»;
  • «Ovoz pochtasi»;
  • «Menga qo‘ng‘iroq qil»;
  • «Men kimman?».


2014 yil 31 dekabr soat 22:00 dan 2015 yil 1 yanvar soat 04:00 gacha quyidagi xizmatlardan foydalanib bo‘lmaydi:

  • Hisobni *100# – *109# orqali tekshirish;
  • Tizim xabarlari (hisob to‘ldirish va xokazo).


2014 yil 31 dekabr soat 22:00 dan 2015 yil 1 yanvar soat 04:00 gacha Kompaniyaning qo‘shimcha xizmatlariga ulanish uchun USSD-so‘rovlardan foydalanib bo‘lmaydi.

Ucell o‘z mijozlaridan kerakli hollarda qo‘shimcha xizmatlarni oldindan ulashni so‘ragan. «SMS Jadval» xizmati doirasidagi oldindan mo‘ljallab qo‘yilgan SMS-xabarlar o‘z vaqtida yuborilishi qayd etilgan.

Kompaniya keltirilgan noqulayliklar uchun abonentlardan uzr so‘ragan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.