Telefonni oʻgʻirlanmaganligini qanday tekshirish mumkin?

Telefonni oʻgʻirlanmaganligini qanday tekshirish mumkin?
Birinchi apreldan boshlab telefon sotib olishdan avval qurilma IMEI-kodi maqomini toʻgʻriligini – uzimei.uz tizimining rasmiy saytidan tekshirib olish tavsiya etiladi. Bu “Xabar.uz” maʼlum qildi.

Nashrning yozishicha, avval IMEI raqamini olish kerak. Uni olish uchun telefon klaviaturasida *#06# teriladi va uni saytda koʻrsatilgan maydonchaga qoʻyib, tekshiriladi. Tekshirish xizmati mutlaqo bepul.

IMEIni kiritganingizdan soʻng, agar qurilma “qora roʻyxat”da turmasa, quyidagi xabar keladi: “Siz kiritgan IMEI raqami GSM Xalqaro assotsiatsiyasida belgilangan tavsiyalarga mos keldi. Foydalanish ruxsat etildi”.

Shu orqali qurilma “qora roʻyxat”dami yoki yoʻqmi aniqlab olish imkoni boʻladi.

Avvalroq 1 apreldan Oʻzbekistonda mobil qurilmalarni roʻyxatdan oʻtkazish tizimi joriy etilishi haqida xabar bergan edik.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.