Apple jahonda eng yirik kompaniyaga aylandi

Apple jahonda eng yirik kompaniyaga aylandi
Apple jahonda eng yirik kompaniyaga aylandi

Apple korporasiyasi kapitalizasiya bo‘yicha jahonda 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda Kun.uz nashri ma’lum qildi.

Joriy yil boshida kompaniyaning kapitalizasiyasi 640 mlrd dollarni tashkil qilgan, bahorda 750 mlrd dollarga etgan, biroq yil oxirida IPhone smartfonlariga talab borasida xavotirlar tufayli 600 mlrd dollarga kamayib ketdi.

2-o‘rinni Google va Android’ga egalik qiluvchi Alphabet xoldingi egalladi, uning kapitalizasiyasi 45 foizga oshib, 530 mlrd dollargacha etdi.

3-o‘rinni esa Microsoft kompaniyasi egalladi. Nashrning ta’kidlashicha, kompaniyaning aksiyalari 2000 yildagi, ya’ni kompaniya dunyoda eng yirik kompaniya hisoblangan holatiga qaytdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.