Bill Geyts: Yaqin 20 yil ichida ko‘p kasblar dasturlashgan robotlar qo‘liga o‘tadi


Yaqinda The American Enterprise Institute iqtisodiy reaktorida so‘zlagan nutqida Bill Geyts yaqin 20 yil ichida ko‘p ish turlari dasturlashgan avtomatizasiya tomonidan bajarilishini aytdi. Bu haqda «Econet.ru»ga asoslanib «Daryo» nashri .
Geyts so‘zlariga ko‘ra, mehnat bozorini katta o‘zgarishlar kutmoqda, biroq ularga na odamlar, na hukumat tayyor.
«Vaqt o‘tishi bilan texnologiya ishga ayniqsa, professional spektrning pastki qismida bo‘lgan talabni pasaytiradi», — dedi u.
Ishchilar uchun quvonarli bo‘lmagan bunday bashoratni Economist nashri ham o‘z maqolasida aytib o‘tgan edi. Unda yaqin 20 yil ichida deyarli to‘liq robotlar qo‘liga o‘tadigan kasblar ro‘yxati keltirilgan, undan telemarketing, buxgalteriya va chakana tijorat o‘rin olgan edi.
Geytsning fikricha, soliq qonunchiligi o‘zgartirilishi kerak — u kompaniyalarni xodimlarni yollashga undashi zarur.
Foto: mashable.com / daryo
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













