«Xiaomi» 48 Mp kamerali, 140 dollarlik yangi smartfonini taqdim etmoqda

«Xiaomi» 48 Mp kamerali, 140 dollarlik yangi smartfonini taqdim etmoqda
Foto: «Trashbox»
«Xiaomi» kompaniyasi yana to‘rt kundan keyin, 29 avgust kuni «Redmi Note 8 Pro» smartfonini taqdim etadi. Negadir shu smartfonning «ukasi» haqidagi xabarlar soyada qolib ketyapti, holbuki, «Redmi Note 8» ham qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketishi hech gapmas: 48 megapikselli to‘rt kamera, narxi — 140 dollar... Bu haqda «Xabar» nashri yozmoqda.

Smartfon zamonaviy dizayndagi tovlanuvchan shisha-metall korpusga ega. To‘rtta kamerasining asosiysi 48 megapikselli bo‘lib, «vspыshka»si chap yuqori burchakda, barmoq izi skaneri korpusning ort qismida joylashgan.

Qurilmaga Qualcomm Snapdragon 665 protsessori o‘rnatiladi.
«Xiaomi» 48 Mp kamerali, 140 dollarlik yangi smartfonini taqdim etmoqda
Foto: «Trashbox»
Smartfon 29 avgust kuni Xitoyda taqdim etiladi. Shu kuni «Redmi Note 8 Pro» va yangilangan «RedmiBook 14» ham ommaga tanishtiriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.