Xitoyliklar er ostidan qazilgan yo‘l orqali yuzlab iPhone’larni o‘g‘irlab ketdi

Xitoyliklar er ostidan qazilgan yo‘l orqali yuzlab iPhone’larni o‘g‘irlab ketdi
Xitoyliklar er ostidan qazilgan yo‘l orqali yuzlab iPhone’larni o‘g‘irlab ketdi

Pekin polisiyasi iPhone 6 partiyasini o‘g‘irlaganlikda gumon qilib, uch kishini qo‘lga oldi, bu haqda Mail.ru\'ga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.

Jinoyat dekabr o‘rtalarida amalga oshirilgan. Sheriklar ikki kun davomida bir necha o‘n metr uzunlikdagi va bir yarim metr diametrli tunnel qazib, u orqali smartfonlar saqlanadigan omborxonaga o‘tgan va umumiy qiymati 1,4 million yuanga teng 260 ta iPhone’ni olib ketgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘rilardan biri omborxona tegishli bo‘lgan transport kompaniyasida ishlagan va bino rejasini bilgan.

Xitoyliklar o‘g‘irlangan smartfonlarni sotib, pulini qimmatbaho mashinalar, tilla taqinchoqlar va qimor o‘yinlariga sarflagan. Polisiya o‘g‘rilarni gadjetlar seriyali raqamlarini ta’qib qilish orqali topdi.

Foto: AP / Daryo
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.