Yaponlar koronavirus qanday tarqalishini superkompyuter yordamida aniqlashdi

Yaponlar koronavirus qanday tarqalishini superkompyuter yordamida aniqlashdi
Foto: «Geeky Gadgets»
Yaponiyaning RIKEN fan-texnologiyalar instituti olimlari koronavirus infeksiyasining tarqalish modelini yaratishdi, bunda «Fugaku» superkompyuteridan foydalanildi. Bu haqda NHK xabar berdi.

Koronavirus bilan kasallangan inson turli joylarda yo‘talganida mikroskopik tomchilar qanday tarqaydi? Masalan, oynalari ochiq poyezd vagonida yoki yopiq binoda? Yaponiyalik olimlar bu kabi savollarga superkompyuter yordamida shakllantirilgan model orqali javob olishdi.

Tadqiqotchilardan biri — Subokura Makotoning aytishicha, olingan natijalar asosida tavsiyalar ishlab chiqishga kirishilgan — iyul oyida tayyor bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.