Milliarder Karl Ikan Apple’ni trillion dollardan ziyodga baholadi

Milliarder Karl Ikan Apple’ni trillion dollardan ziyodga baholadi
Milliarder Karl Ikan Apple’ni trillion dollardan ziyodga baholadi

Milliarder va investor-aktivist Karl Ikan Apple aksiyalarining har biri 216 dollardan sotilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu butun kompaniyani 1,3 trillion dollarga baholash imkonini beradi, deb yozadi Reuters.

11 fevral, chorshanba kuni Nasdaq’dagi savdolar yopilishida Apple aksiyalari narxi 124,88 dollarga, kompaniya kapitalizasiyasi esa 716 milliard dollarga teng edi.

Ikan so‘zlariga ko‘ra, Apple qimmatli qog‘ozlari aksiya daromadidan taxminan 20 marta qimmatroq sotilishi kerak, bu kompaniya egalik qiladigan aksiyalarning har birini 22 dollardan hisoblaganda deyarli 216 dollarga tengdir.

«Aynan shuning uchun biz umumiy qiymati 6,5 milliard dollarlik qariyb 53 millionta aksiyaga egalik qilishda davom etmoqdamiz va birorta ham aksiyani sotib yubormadik», — deyiladi Ikanning maktubida.

Manba: www.daryo.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.