Britaniyada kelajak samolyoti taqdim etildi

Britaniyada kelajak samolyoti taqdim etildi
Foto: Faradair
Britaniyaning Faradair kompaniyasi gibrid samolyotlarni yaratish ustida ish olib bormoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Mazkur samolyotlar biodizel va elektrodvigatelli noyob kombinatsiyaga egaligi sabab gibrid deb ataladi. Elektrodvigatel uchish va qo‘nish vaqtida kerak bo‘ladi, ular quyosh batareyalari yordamida quvvatlanadi. Bioyoqilg‘ida ishlovchi dvigateldan esa parvoz vaqtida foydalaniladi.

Samolyot uchtalik korobkasimon qanotga ega — bu kabi tajriba konstruksiyadan birinchi bor 1920 yilda foydalanilgan. Yangi texnika ustida ish olib borgan kompaniya kelajak transportining ekologikligiga alohida e’tibor qaratmoqda.
Britaniyada kelajak samolyoti taqdim etildi
Foto: Faradair
Faradair samolyotining tezligi soatiga 370 kilometrga yetadi. Uning ichida 18 ta o‘rindiq joylashgan. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, samolyotning ko‘tarilish vaqtidagi shovqini 60 detsibelni tashkil etadi, bu fon musiqasi va suhbatdagi shovqin darajasiga teng.
Britaniyada kelajak samolyoti taqdim etildi
Foto: Faradair
Birinchi tijoriy parvoz 2026 yilga mo‘ljallangan, 2030 yilga borib esa kompaniya bu turdagi samolyotlardan 300 donasini ishlab chiqarishni reja qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.