Butun O‘zbekiston bo‘ylab UzCard tizimida muammolar bo‘layotgani ma’lum qilindi

Butun O‘zbekiston bo‘ylab UzCard tizimida muammolar bo‘layotgani ma’lum qilindi
Butun O‘zbekiston bo‘ylab UzCard tizimida muammolar kuzatilmoqda. Bu haqda 4 aprel, yakshanba kuni soat 11:58 da Payme kompaniyasi ma’lum qildi.

«Butun respublika bo‘yicha UzCard faoliyatida — to‘lov tizimlari bo‘yicha ham, terminallar bo‘yicha ham muammolar kuzatilyapti. Iltimos, ehtiyot bo‘ling. Vaziyat o‘zgargani haqida sizga xabar beramiz», — deyiladi kompaniya axborotida.

Vaziyat yuzasidan UzCard (Yagona umumrespublika protsessing markazi) hozircha biror izoh bergani yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.