Shvetsiyada bir o‘rinli elektrovertolyot ishlab chiqildi (video)

Shvetsiyada bir o‘rinli elektrovertolyot ishlab chiqildi (video)
Foto: Jetson Aero
Shvetsiyada Jetson Aero kompaniyasi bir o‘rinli, vertikal uchib-qo‘nuvchi ixcham vertolyot The Jetson One’ni taqdim etdi. Bu haqda New Atlas nashri xabar berdi.

Qurilmaning o‘lchami 2845 mm x 2400 mm x 1030 mmni, og‘irligi 90 kgni tashkil qiladi.

Elektrovertolyot 8 ta parrakka ega bo‘lib, uning maksimal tezligi 102 km/soatni tashkil qiladi. Vertolyot elektr dvigateli 118 ot kuchiga teng.

Vertolyot qayta quvvatlashsiz 15 daqiqa parvoz qila oladi. U ikkita joystik bilan boshqariladi. Qurilmaning narxi 92 ming dollarni tashkil qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.