Superpauerbank! 5000 ta smartfonni quvvatlay oladi (foto)

Superpauerbank! 5000 ta smartfonni quvvatlay oladi (foto)
Foto: «Gizchina»
Hozir ko‘pchilik ishlatayotgan portativ akkumulatorlar, ya’ni pauerbanklarning sig‘imi nari borsa 10 000 milliamper-soatga teng — smartfonni 2–3 marta quvvatlash uchun yetadi. Xitoylik bir ixtirochi «maydalashib» o‘tirmay, bira yo‘la bundan 27 ming karra kuchli paeurbankni taqdim etdi — 270 000 000 mAs!
Superpauerbank! 5000 ta smartfonni quvvatlay oladi (foto)
Foto: «Gizchina»
Ixtirochi (ijtimoiy tarmoqlarda Manual Geng niki ostida faoliyat yuritadi)ning aytishicha, pauerbank 5 mingtagacha smartfonni (akkumulator sig‘imi — 3000 mAs) quvvatlay oladi. Bir paytning o‘zida pauerbankka 60 tagacha qurilmani ulasa bo‘ladi, yozmoqda «Gizchina».
Superpauerbank! 5000 ta smartfonni quvvatlay oladi (foto)
Foto: «Gizchina»
Smartfonlar bilan birga, istalgan elektronikani pauerbankka ulash mumkin. Yuqoridagi suratda ko‘rinib turibdiki, ulkan ko‘chma batareya televizor, hatto kir yuvish mashinasini ham «ko‘tara oladi».

Ixtirochi superqurilmani yasashga qancha puli ketganini yozmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.