«Samsung» ikki xil yangi arzon smartfonini taqdim etdi

«Samsung» ikki xil yangi arzon smartfonini taqdim etdi
Foto: «GSMArena»
«Samsung» kompaniyasi 4 mart kuni yangi modeldagi arzon smartfonlari — Galaxy M23 va M33 ni taqdim etdi.

Texnik xususiyatlari juda yaqin har ikki smartfonga 6,6 dyuymli TFT-displeylar (1080p) o‘rnatilgan, kameralari: 50 MP — asosiy, 8 MP — keng burchakli, 2 MP — chuqurlik uzatgichli.

Galaxy M33ning batareyasi sig‘imliroq — 6000 mAs, shuningdek qo‘shimcha 2 MP makrokamerasi va operativ xotirasi kattaroqligi bilan ajralib turadi.

Galaxy M23 batareyasi — 5000 mAs, xotirasi — 4/128 GB.

Smartfonlarning tashqi dizayni farqlanadi, buni kameralarining joylashuvidan ham bilish mumkin. To‘rt kameralisi — Galaxy M33.

Hozircha smartfonlarning narxi va qachon sotuvga chiqarilishi e’lon qilinmagan. Har ikkisi kompaniyaning «budjet smartfonlari» toifasiga kiritilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.