Telegramda yangilanish: yuklash menejeri va boshqa funksiyalar paydo bo‘ldi

Telegramda yangilanish: yuklash menejeri va boshqa funksiyalar paydo bo‘ldi
Foto: «Telegram.org»
Telegram messenjerining navbatdagi 8.6 raqam ostidagi yirik yangilanishida qator funksiyalar paydo bo‘ldi: endi yuklash menejeri bor, foydalanuvchining telefon raqami bo‘yicha havolalar olish mumkin.

Yangilanish asosan messenjerning mobil talqinida, aniqrog‘i, iOS da amalga oshirilgan.

Yuklash messenjeri qidiruv paneli yonida joylashgan. Buning uchun tegishli yorliq ajratilgan. Bu bo‘limda yuklab olingan fayllar saqlanadi. Yuklanishni to‘xtatish, qayta yuklash va bekor qilish imkoniyatlari bor.
Telegramda yangilanish: yuklash menejeri va boshqa funksiyalar paydo bo‘ldi
Menyuga ham o‘zgarishlar kiritilgan. Endi so‘nggi qo‘shilgan fotosuratlar, fayllar va lokatsiyalarni oson topish mumkin.
Telegramda yangilanish: yuklash menejeri va boshqa funksiyalar paydo bo‘ldi
Endi telefon raqami bo‘yicha olingan profil havolasini o‘zaro almashish mumkin: masalan, https://t.me/+71234567890. Ushbu havola foydalanuvchi o‘z akkauntini telefon raqami bo‘yicha qidirishga ruxsat berganida ishlaydi.

Android smartfonlar uchun esa yarim shaffof intefeys texnologiyasi birinchi marta qo‘llanilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.