Olimlar: og‘zingizni ochib uxlamang

Olimlar: og‘zingizni ochib uxlamang
Chunki pashsha kirib ketadi, demoqchi emasmiz. Gap shundaki, uyquda og‘izdan nafas olish kislota muvozanatini buzadi va tishlarga xunuk ta’sir ko‘rsatadi, deb yozadi Sof.uz sayti.

Yangi Zelandiya olimlari odamlar noqulay holatda yoki boshini yostiqqa noto‘g‘ri qo‘yganda beixtiyor og‘zini ochib yotadi, degan xulosaga keldi.

Og‘izdan kirayotgan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ini quritib qo‘yib, so‘lak ko‘p ajralishiga sabab bo‘ladi. Natijada kislotalilik darajasi ortadi va tish emali qo‘shimcha zararli ta’sirga duchor bo‘ladi. Oqibatda karies kasalligi rivojlanishi va og‘izdan noxush hid anqishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.