Diqqat, paratsetamolni me’yordan ortiq iste’mol qilish jigarni ishdan chiqarar ekan

Diqqat, paratsetamolni me’yordan ortiq iste’mol qilish jigarni ishdan chiqarar ekan
Edinburg universiteti olimlari paratsetamol va jigar orasidagi munosabatlarni o‘z tadqiqotlari jarayonida o‘rganib chiqishdi. Ma’lum bo‘ldiki, katta dozalarda doimiy tarzda paratsetamol dori vositasini iste’mol qilish oqibatida jigar to‘qimalariga ziyon yetkazarkan, to‘qimalar ketma-ket o‘lish pallasiga kirarkan. Bu esa jigar sirrozi va shu kabi xavfli xastaliklarni keltirib chiqararkan. Shu sababli mutaxassislar paratsetamol dori vositasini iloji boricha favqulodda vaziyatlardagina iste’mol qilishni maslahat berishmoqda.

— Jigarni asrang, — deyishmoqda ular dunyo ahliga. — Paratsetamolga ruju qo‘ymang! Oxiri voy bo‘lmasin!

Manba: hordiq.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.