O‘zbekiston ko‘chasida «anjancha korrida» (foto)

Foto: «Ispancha korrida»
Joriy yilning 8 mart kuni Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 tezkor raqamiga Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati navbatchilik qismidan xabar kelib tushdi.
Qayd etilishicha, Andijon shahrining O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab harakat xavfsizligiga xavf tug‘dirib, buqa yugurub yurgani haqida va uni tutishda yordam so‘rab murojaat qilindi.

Foto: FVV
Yetib kelgan qutqaruvchilar arqonlar yordamida g‘aroyib tuzoq tayyorlab, buqani ushlashdi va egasiga qaytarishdi.
Voqealar natijasida hech kim zarar ko‘rmadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.











