Notoʻgʻri qilingan ukol Samoada qizamiq epidemiyasiga sabab boʻldi

Notoʻgʻri qilingan ukol Samoada qizamiq epidemiyasiga sabab boʻldi
Samoada qizamiq kasalligidan halok boʻlganlar soni 53 kishiga yetdi, kasallikka chalinganlar soni deyarli 4000 ga yetdi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi statistikasiga koʻra, halok boʻlganlarning 48 nafari besh yoshgacha boʻlgan bolalardir.
Jahon miqyosida qizamiqdan oʻlim darajasi 1960-yillardan beri keskin pasaygan boʻlsada, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti dunyoni ogohlantirmoqda.
Notoʻgʻri qilingan ukol Samoada qizamiq epidemiyasiga sabab boʻldi
Qizamiq oʻta yuqumli kasallik boʻlib, u tanada toshma toshishi, yoʻtal va isitma koʻtarilishiga sabab boʻladi.
Dushanba kungi maʼlumotlarga koʻra, Tinch okeani orolidagi mamlakatlarda ushbu kasallikka chalingan bemorlarning umumiy soni 3728tani tashkil qildi.
Notoʻgʻri qilingan ukol Samoada qizamiq epidemiyasiga sabab boʻldi
200 mingga yaqin aholisi boʻlgan ushbu mamlakatda 20-noyabr kuni favqulodda holat eʼlon qilindi.
Aksariyat ommaviy yigʻilishlar taqiqlangan, maktablar va universitetlar yopilgan.
Bu holat barchaga katta taʼsir koʻrsatmoqda“, dedi UNICEFning Tinch okeanidagi vakili Sheldon Yett VVCga.
Notoʻgʻri qilingan ukol Samoada qizamiq epidemiyasiga sabab boʻldi
Oʻtgan oy favqulodda vaziyat toʻgʻrisidagi deklaratsiyadan keyin ommaviy emlash harakatlari boshlandi, 58 mingdan ortiq aholi emlandi, deya xabar beradi hukumat.

2018-yil iyul oyida Samoada qizamiq, tepki va qizilcha kasalliklariga qarshi emlashlar natijasida ikki goʻdak vafot etdi va bu aholi oʻrtasida katta vahimaga sabab boʻldi.
Notoʻgʻri qilingan ukol Samoada qizamiq epidemiyasiga sabab boʻldi
Ammo keyinchalik hamshiralar vaksinani suv oʻrniga muddati oʻtgan tinchlantiruvchi ukol bilan aralashtirganligi maʼlum boʻldi.
Ikkala hamshira ham qotillikda aybdor deb topilib, besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Maftuna
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.