Ramazon oyida sog‘liq uchun foydali taomlar ro‘yxati – JSST tavsiyasi

Ramazon oyida sog‘liq uchun foydali taomlar ro‘yxati – JSST tavsiyasi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ro‘za tutuvchi musulmonlar uchun Ramazon oyi davomida saharlik va iftorlik uchun tayyorlanayotgan taomlar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini e’lon qildi.

JSST tavsiyalari quyidagilardan iborat:
  • Yog‘li mahsulotlar, ayniqsa, charvi yoki quyruqli go‘sht, qatlamali, yog‘/margarin yoki saryog‘ qo‘shilgan xamirdan tayyorlangan taomlar iste’molini kamaytirish kerak.
  • Masalliqlarni qovurish o‘rniga, ovqat tayyorlashning boshqa, masalan, bug‘da, sousda pishirish, kam miqdordagi yog‘da qovurib, pechda qizartirish kabi usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
  • Tarkibiga me’yordan ortiq tuz qo‘shilgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilmang! Sosiska, kolbasa, dudlangan, qayta ishlangan va tuzlangan go‘sht hamda baliq mahsulotlari, sho‘r bodring, zaytun mevasi, tuzli pishloqlar, gazaklar, mayonez, ketchup va xantal qo‘shilgan salatlar, souslar shular jumlasidandir.
  • Ovqat tayyorlashda tuzdan iloji boricha kamroq foydalanish va tuzdonni stol ustidan panaga olib qo‘yish tavsiya etiladi.
  • Pishirilayotgan taomlar ta’mini yaxshilash uchun turli o‘t va ziravorlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.