2024/2025 oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

2024/2025 oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
Oʻzbekistonda davlat oliy ta'lim muassasalarida 2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda.

Toʻlov-kontrakt miqdorlari bakalavriat ta'lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari hamda ta'lim shakllariga (kunduzgi, sirtqi, kechki) qarab farqlanadi.

Bir talabani bazaviy toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati quyidagicha belgilangan:
2024/2025 oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
2024/2025 oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
Davlat OTMlarida 2023/2024-oʻquv yilidagi toʻlov-kontrakt miqdorlari bilan solishtirilsa, toʻlov summalari oʻrtacha yaxlitlangan holda 15 foizga oshirilgan, deya yozadi iqtisodchi Otabek Bakirov.

Toʻlov-kontrakt miqdorlari 4 yildan buyon oshirilmay kelinayotgandi. Soʻnggi marta 2019/2020-oʻquv yilida toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilgandi.

Ma'lumot uchun, Oʻzbekistonda ayni damda 111 ta davlat oliygohi faoliyat yuritmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.