Diqqat! Qurbon hayiti va qo‘shimcha dam olish kunlari e’lon qilindi

Diqqat! Qurbon hayiti va qo‘shimcha dam olish kunlari e’lon qilindi

O‘zbekistonda bu yil Qurbon hayiti 27 may — chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan fuqarolar uchun uzluksiz dam olish kunlari e’lon qilindi. Prezident farmoniga ko‘ra, 28—29 may kunlari barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

Shuningdek, 6 kunlik ish rejimida ishlovchilar uchun 30 may ham dam olish kuni sifatida qo‘shilgan. Natijada 31 may — yakshanba kuni bilan birgalikda aholining barcha qatlamlari ketma-ket 5 kunlik dam olish imkoniga ega bo‘ladi.

Dam olish kunlari quyidagicha taqsimlanadi:

  • 27 may — chorshanba (Qurbon hayiti),
  • 28 may — payshanba (qo‘shimcha dam olish kuni),
  • 29 may — juma (qo‘shimcha dam olish kuni),
  • 30 may — shanba (6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni),
  • 31 may — yakshanba (odatdagi dam olish kuni).

Aytish mumkinki, aholiga 5 kunlik uzluksiz hordiq imkonini beradi. Haftada 5 kun ishlovchilar jami 14 kun, 6 kun ishlovchilar esa 10 kun dam oladi. Ta’kidlanishicha, bu oy so\'nggi yillardagi eng ko\'p dam olish kunlaridan iborat bo\'lgan oy hisoblanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.